$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

IQAir platformasiga har doim ham ishonib bo‘lmaydi — Ekologiya vazirligi

havo ifloslanishi

Dunyodagi eng yirik bepul havo sifati monitoringi platformasi IQAir ko‘rsatkichlari aniqmi, degan savol O‘zbekiston Ekologik partiyasi munozaralar klubida muhokama qilindi.

IQAir ma’lumotlariga doim ham ishonish mumkin emas

Muhokama davomida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassisi Bahrom Esanov IQAir ma’lumotlariga doim ham ishonish mumkin emasligini aytdi. Rasmiyga ko‘ra, buning sababi, istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs o‘zi o‘rnatgan sensorlarni platformaga kiritish imkoniyatiga ega ekanidadir.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, Toshkentda platformaga ulangan sensorlar ikki sanoat korxonasi o‘rtasida o‘rnatilgan holatlar ham kuzatilgan. Bunday joylashuv faqat o‘sha hududdagi havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, butun shahar bo‘yicha ko‘rsatkichlarning yomonlashuviga olib kelgan.

Taqqoslab bo‘lmaydi

Shuningdek, O‘zbekistondagi atmosfera havosi sifatini nima uchun Yaponiya va Yevropa mamlakatlari ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab bo‘lmasligi ham tushuntirib berildi. Ekologlarning ta’kidlashicha, u yerlarda havo namligi yuqori bo‘lgani sababli changlanish darajasi juda past. Dunyoning qurg‘oqchil mintaqalarida esa havodagi PM2,5 zarrachalarining yuqori miqdori undagi tabiiy chang mavjudligi bilan bog‘liqligi aytildi.

Bundan tashqari, atmosfera havosi ifloslanishining asosiy qismi, ya’ni 36 foizi tabiiy jarayon ekani ta'kidlandi. Chunki biz quruq iqlim sharoitida joylashganmiz va bu shamol najasida havodagi chang miqdori ko‘payishining asosiy omilidir, - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentda havo ifloslanishi rekord darajaga yetgandan so‘ng, poytaxt aholisi ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga toza havo kerak” nomli chellenj boshlagan va hukumatdan ekologik vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishni talab qilgan edi.

Теги :
Salomatlik