$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil yakunigacha AI-80 va mazut taqiqlanishi mumkin

AI-80

2025-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur loyiha doirasida rasmiylar O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun bir qator yechimlarni taklif etishdi. Hukumat davlat dasturi doirasida sanoat va fuqarolarning kundalik turmush tarziga ta’sir ko‘rsatadigan keng qamrovli o‘zgarishlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

AI-80

Loyihaning eng ko‘p muhokama qilinayotgan bandlaridan biri – mashhur AI-80 benzini tegishli bo‘lgan “Yevro-4” ekologik sinfidan past bo‘lgan motor yoqilg‘isini ishlatish va sotishni taqiqlash rejasi. Arzon narxi bilan tanilgan bu yoqilg‘i 2025-yil oxiriga kelib yonilg‘i quyish shoxobchalaridan butunlay yo‘qolishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 24-sentabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni 2030-yildan boshlab taqiqlash, Yevro–4 standartidan past yoqilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni esa 2028 yildan boshlash belgilangan edi.

Mazutga taqiq

Bundan tashqari, hujjatda barcha issiqlik va elektr energetikasi korxonalarida mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanishni taqiqlash ko‘zda tutilgan. Faqatgina Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan favqulodda vaziyatlardagina bundan istisno qilinishi mumkin. Shu bilan birga, hujjatda barcha issiqlik va elektr energetikasi korxonalarida mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlangan. Faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan avariya holatlari bundan mustasno.

Ushbu chora-tadbirlar uglerod va boshqa ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan.

Sanoat uchun ham cheklovlar bor

2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida asbest, sement ishlab chiqarish, teri va parrandachilik korxonalari, metallurgiya zavodlari hamda zaharli materiallarni qayta ishlash bilan bog‘liq yangi korxonalar qurilishiga taqiq joriy etilishi mumkin. Issiqxonalar ham qat’iy nazoratga olinadi: ko‘mirdan foydalanishga faqat chang va gazni tozalashning samarali tizimlari mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi.

Plastik chiqindilar masalasi

Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga “taralarni qaytarish”, ushbu turdagi chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni o‘rnatish orqali yig‘ib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha kengaytirilgan majburiyatni joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

AI-80ni taqiqlash norozilikni uyg‘otishi mumkin

Taklif qilinayotgan chora-tadbirlar juda ekologiya uchun anchagina foydali bo‘lsa-da, ammo ularni amalga oshirish katta sa’y-harakatlarni talab qiladi. Masalan, AI-80 ni taqiqlash avtomobil egalari orasida norozilik uyg‘otishi mumkin, ular uchun bu yoqilg‘i byudjet varianti bo‘lib qolmoqda. Mazutdan voz kechish energiya obyektlarini modernizatsiya qilishni talab qiladi, bu katta xarajatlar bilan bog‘liq.

Rejalar ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi

Boshqa tomondan, ushbu rejalarning amalga oshirilishi mamlakatdagi ekologik vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi, shuningdek, “yashil” iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar va investorlarning e’tiborini jalb qilishi mumkin.

Qabul qilingan chora-tadbirlar barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin, biroq ularni amalga oshirishning muvaffaqiyati ijroga oqilona yondashuv va hokimiyatning aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi, deb yozadi Vaib.uz blogi.

Теги :
Jamiyat