$
 11778.52
-39.55
 13733.75
-54.39
 138.96
-2.73
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi biznes g‘oyangiz bo‘lsa bas, qiynalib biznes-reja tuzib o‘tirishga hojat qolmaydi

agrozamin

Biznes boshlash uchun g‘oya bor, lekin uni qanday qilib tayyor loyihaga aylantirish, qancha pul kerakligini hisoblash yoki moliyalashtirishni qayerdan topishni bilmaysizmi? Endi bu jarayonning bir qismini sun’iy intellekt bajarishi mumkin. Agrobank 24–26-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da tadbirkorlar uchun Agrozamin AI platformasini taqdim etmoqda.

G‘oyani biznes-rejaga aylantiradigan Agrozamin AI

Agrozamin AI biznes boshlamoqchi bo‘lgan yoki mavjud faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan. Foydalanuvchi platformaga o‘z biznes g‘oyasini kiritadi, tizim esa uni tahlil qilib, biznes-reja tayyorlashga yordam beradi. Shuningdek, qancha mablag‘ kerakligi, qanday kredit, subsidiya yoki imtiyozlardan foydalanish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Platformada hududlar bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanuvchi AI yordamchi ham mavjud. NLP injener Davronbek Mamasoliyevning aytishicha, tizim tadbirkorning imkoniyatlari va hududdagi sharoitdan kelib chiqib, qaysi biznes yo‘nalishi ma’qul ekanini ham tavsiya qiladi.

“Masalan, sizda to‘rt sotix foydalanilmayotgan tomorqa bor. Agrozamin AI’dan “Bu yerda nima qilsam bo‘ladi?” deb so‘raysiz. Tizim hududdagi sharoit va ma’lumotlarni hisobga olib, nima ekish yoki qaysi yo‘nalishda biznes boshlash ma’qul ekanini tavsiya qiladi. Qancha mablag‘ingiz borligi va kreditga ehtiyojingizni ham hisobga oladi. G‘oyangiz bo‘lsa, uni biznes-rejaga aylantirib, tayyor loyiha bilan kredit olish uchun murojaat qilishingiz mumkin”, — dedi u.

Agrostartaplar uchun yangi Agroventures fondi

Forumdagi yana bir yangilik — Agroventures fondi. U avgust oyida agro va texnologik startaplarni topish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish hamda ular atrofida yangi ekotizim yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Agrobank vakillarining ta’kidlashicha, bu O‘zbekistonda aynan agrar yo‘nalishga ixtisoslashgan ilk shunday fond. Shu bilan birga, Agroventures faqat qishloq xo‘jaligi bilan cheklanib qolmaydi. Kelgusida boshqa yo‘nalishlardagi, jumladan, korporativ startaplarni ham moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Tuproq tahlilidan tayyor mahsulotgacha

Agrobank forumda avval yo‘lga qo‘yilgan bir qator loyihalarini ham namoyish qilmoqda. Agrolab laboratoriyasi qishloq xo‘jaligida tuproqni tahlil qilishga xizmat qilsa, Agroinvitro zamonaviy ko‘chatlar yetishtirishga qaratilgan.

Baxmal Agrostar loyihasida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida olma va nok yetishtirish hamda ularni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Mevalardan sharbat, jem va quritilgan mahsulotlar tayyorlanadi. Surxondaryoning Uzun tumanidagi Agrostar loyihasida esa xurmo va anjir yetishtirish, keyinchalik ularni qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirish rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat