Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Raqobat qo‘mitasi “Nukus xalqaro aeroporti” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Korxona tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Nukus xalqaro aeroporti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi "Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

“Raqobat to‘g‘risidagi” qonunga amal qilinmagan

O‘rganishlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeroporti” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.