$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonlik “trak” haydovchilari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh – 3 ming yevro

Trak

O‘zbekiston fuqarolari Germaniyada yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlash uchun taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari

Agentlik Germaniyaning “Seit For Tomorrow GmbH & Co. KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda 160 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun arizalarni qabul qilmoqda. Ishchilar Comlek transport korxonasida faoliyat yuritadi. Ish haftasiga 5 kun, 45 soat davom etadi.

Nomzodlarga talablar

Nomzodlar 20−42 yosh oralig‘ida, CE toifali haydovchilik guvohnomasi hamda nemis tilidan B1 daraja xalqaro til sertifikati yoki nemis tili filologiyasi diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Ish haqi va imtiyozlar

Qabul qilinganlarga 3 ming yevro (soliqlar ushlab qolingandan so‘ng — 2 200 yevro atrofida) miqdorida oylik ish haqi beriladi.

Ularga aviachipta, aeroportdan ish joyigacha transfer hamda Germaniyada yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, sug‘urta (80 yevro) xarajatlari qoplab beriladi.

Germaniyaga borgan fuqaro toifasi bo‘yicha 4−6 oy davomida kasbga qayta tayyorlanadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga 3 yillik mehnat shartnomasi beriladi. Sinov muddati — 6 oy. Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, batafsil ma’lumotlarni Migratsiya agentligining 71 202 33 55 (ichki raqam 10) telefon raqami orqali olishlari mumkin.

Теги :
Jamiyat
Avto