$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

UzAuto Motors mashinalarining narxlarini tushirdi

UzAuto Motors

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “UzAuto Motors” AJ Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun chegirma va foizsiz muddatli to‘lovlarning yangi shartlarini e’lon qildi.

Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix

Kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, endi Chevrolet Onix avtomobili uchun 40 % oldindan to‘lovni amalga oshirib, avtosalondan darhol olib ketish mumkin. Qolgan summani oyiga 2,9 mln. so‘mdan 3 yil davomida to‘lash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shuningdek, endilikda Chevrolet Tracker avtomobilni ham boshlang‘ich 50 foiz to‘lov bilan xarid qilish mumkin. Qolgan summani oyiga 4,6 mln. so‘mdan 2 yil mobaynida bo‘lib to‘lashingiz mumkin. Bundan tashqari, foydali chegirmalar mavsumi Tracker MY2024 avtomobili uchun ham ochilgan. Xabarga ko‘ra, mazkur turdagi avtomobil modellarini 25 mln. so‘mgacha chegirma bilan sotib olish imkoniyati mavjud.

100 foizlik to‘lov uchun chegirmalar

Quyida Chevrolet Tracker modellariga berilayotgan chegirmalar keltirilgan (agar 100 foiz oldindan to‘lov bo‘lsa):

Chevrolet Tracker LS - 15 million so‘m;

Chevrolet Tracker LTZ – 20 million so‘m;

Chevrolet Tracker Premier – 25 million so‘m;

Chevrolet Tracker LS PLUS — 5 million so‘m; 

Chevrolet Tracker LTZ PLUS — 15 million so‘m;

Chevrolet Tracker Premier PLUS — 20 million so‘m; 

Chevrolet Tracker Redline — 22 million so‘m chegirma mavjud. 

Kafolat xizmatlari

Ma’lumot uchun, aksiya 2024-yilning 29-iyul sanasidan 15-sentyabr sanasigacha amal qiladi. “UzAuto Motors” AJ avtomobillarning kafolat xizmatlarini kengaytirmoqda. Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga faqat rasmiy dilerlarda gazballon asbob-uskunalari, radar detektorlari, videoregistratorlar, signallar va boshqa aksessuarlar o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining kafolati saqlanadi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarga.

Теги :
Iqtisodiyot