Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +10°
Читать на русском

Ro‘yxatidan o‘tmagan Telegram kanallar reklama berishi taqiqlanmoqda

Keltirilishicha, ushbu qonun 10 mingdan ko‘p obunachisi bor kanallarga taalluqli.

1 daqiqa o‘qiladi

Ro‘yxatidan o‘tmagan Telegram kanallar reklama berishi taqiqlanmoqda

Kamida 10 ming obunachisi bor Telegram kanallarining egalari o‘z ma’lumotlarini Rosskomnadzorga taqdim etishlari va “taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatmaslik” majburiyatini olishlari kerak bo‘ladi. Aks holda, ularga reklama qilish taqiqlanadi. Bu haqda Rossiya IT qo‘mitasi Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi.

Kanal egalari yolg‘on xabarlar uchun deyarli javobgar emas

Ko‘pchilik Telegram kanallari ta’sir doirasida an’anaviy OAVni allaqachon ortda qoldirgan, ammo ularning egalari tarqatilayotgan ma’lumotlar, jumladan, yolg‘on xabarlar uchun deyarli javobgar emas, — deydi qo‘mita raisi Aleksandr Xinshteyn. — Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, 10 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan kanal egalari o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni regulyatorga taqdim etishlari va taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatmasliklari kerak bo‘ladi.

Ushbu talablar YouTube platformasidagi bloglarga ham tegishli bo‘lishi mumkin

Agar kanal egalari bu talablarni bajarmasa, ularga reklama joylashtirish va donat yig‘ish imkoniyati berilmaydi. Raqamli rivojlanish vaziri Maksud Shadayev yangi talablar YouTube platformasidagi bloglarga ham tegishli bo‘lishini ta’kidladi.