$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda “Tadbirkorlik kodeksi” qabul qilinadi

tadbirkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda muhokama qilindi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kodeksdan koʻzlangan maqsad

Deputatlar ushbu kodeksdan koʻzlangan asosiy maqsad tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni yagona hujjat bilan tartibga solish, davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlik sohasida yagona yondashuvni belgilash ekanligini bildirgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu loyiha bilan tadbirkorlik subyektlari kichik, oʻrta va yirik toifalarga ajratilmoqda.

Shuningdek, deputatlar tomonidan birinchi oʻqilishda berilgan barcha takliflar Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining ishchi guruh yigʻilishlarida chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyat qismi hujjat matnida oʻz aksini topdi.

Uchinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi

Qayd etilishicha, kodeks fermer va dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish va ularning mulkiy huquqlari, shuningdek, ijtimoiy korxonalarning huquqlari kafolatlarini mustahkamlovchi normalar bilan boyitilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi har tomonlama maromiga yetkazilgani bildirib, qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qilishdi.

 Tadbirkorlarning rentabellik darajasiga qoʻyiladigan talablar yumshatildi

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. 

Xususan, hujjat bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning EBITDA asosidagi rentabellik darajasini aniqlashga qoʻyiladigan talablar yumshatilmoqda. Bunda agar EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan:

20 foiz va undan yuqori boʻlsa — 10 ball;

15-20 foiz — 8 ball;

10-15 foiz — 6 ball;

5-10 foiz — 4 ball;

5 foiz — 2 ball beriladi.

Hujjat davlat tilida eʼlon qilindi

Bundan tashqari hujjat bilan quyidagilar nazarda tutiladi:

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiyalash uchun axborot tizimlari mazmunini qayta koʻrib chiqish;

elektron hisob-fakturalarning holatini baholash jarayonini qonunchilikda belgilangan muddatlarda yakunlash;

QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari uchun alohida Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari uchun alohida tumanlar (shaharlar) boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyiga qarab oʻrtacha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibini takomillashtirish.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida davlat tilida e'lon qilindi va 2024-yil 2-avgustdan kuchga kirdi.

Теги :
Jamiyat