Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 81 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +6°

Xorijiy IT- kompaniyalar to‘layotgan soliq tushumi 1,5 barobarga oshgan

To‘langan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

amazon google microsoft

To‘langan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

60 ta kompaniya 48 mlrddan ortiq soliq to‘lagan

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 48,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2023-yil yanvar—aprel oylarida 32,4 milliard so‘m soliq to‘langan.

Eng katta soliq to‘lovchi kompaniya – Meta

2024- yilga kelib, to‘langan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Meta - 18,4 mlrd so‘m;
  • Google - 12,9 mlrd so‘m;
  • Apple - 9,8 mlrd so‘m;
  • Vooking.com - 1,1 mlrd so‘m;
  • Amazon - 949,2 mln so‘m;
  • Zoom - 696,6 mln so‘m;
  • Netflix - 666 mln so‘m
  • Acca - 652,1 mln so‘m;
  • Xsolla - 449,3 mln so‘m;
  • Adobe - 301,3 mln so‘m.

Shuningdek, Soliq kodeksi 281-moddasiga ko‘ra, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.