$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir yilda qayd etilgan qoidabuzarliklar soni 16 milliondan ortiq

YTH 09 03

Senatda bo‘lib o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan hisobotda bir yil davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar haqida qator ma’lumotlar taqdim etildi.

13 milliondan ortig‘ida jiddiy qoidabuzarlik

Senat majlisida aytilishicha, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagan. 

Shu bois, 2023-yilda jami 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan, jumladan, 13 milliondan ko‘p qo‘pol qoidabuzarlik, 42 mingga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 300 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.

Halok bo‘lganlarning 263 nafari bolalar

Oqibatda, 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Eng achinarlisi, 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.

Теги :
Avto