$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Endi onlayn qimor oʻynash uchun 5 yillik litsenziya beriladi

onlayn qimor totalizator

Qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish uchun unda sarflash mumkin bo‘lgan pul limiti qo‘yiladi. Bu borada Hukumatning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yagona davlat registri 

Hujjatga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan stavkalar va o‘yinlarning yagona davlat registri yuritiladi. Unda o‘yinchilar, cheklovlar, shuningdek, o‘yinlarda sarflash mumkin bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha limitlar hamda moliyaviy tranzaksiyalar yuritiladi.

Asosiy maqsad nima?

Quyidagilar registr tashkil etish va boshqarishning asosiy maqsadi etib belgilandi:

Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasida pul aylanmalari ustidan nazorat hamda konsolidalitsiyalashgan hisobni ta’minlash;

Internet tarmog‘idagi o‘yinlar, lotoreya va bukmekerlik tashkilotchisi bilan manfatlar to‘qnashuvi holatlarida o‘yinchining manfaatlarini himoya qilish;

O‘yin qaramligiga qarshi kurashish va uning oldini olish.

Internet tarmog‘idagi o‘yinlar, lotareya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yil muddatga namunaviy litsenziya beriladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot