$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Bosh prokuratura hisoboti: tadbirkorlarning buzilgan huquqlari, kredit talon-toroji va sifatsiz qurilish ishlari

bosh prokuratura

AOKAda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar yuzasidan ma’lumot berildi.

1,8 mln yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Bosh prokuratura tomonidan aholi bandligi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash sohasidagi o‘rganishlarda 1,8 mln yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, prokurorlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarida 6 ming 136 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

“Yashil makon”da doimiy muammolar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilganida, 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilganligi, 580 mingtasi sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilganligi va 19 mingdan ortiq ko‘chat o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli nobud qilinganligi aniqlanib, keskin choralar ko‘rildi.

8 mingdan ortiq tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi

Tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish,ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga doir vazifalar ijrosiga qaratildi.

Xususan, o‘tgan davrda tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 15 ming 210 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shundan, 3 ming 366 nafar tadbirkorga 537 mlrd so‘mlik kredit, 317 nafariga yer maydoni, 80 nafariga bino ajratilishi, 551 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 4 ming 938 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.

Shu bilan birga, 10 ming 789 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 8 ming 030 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Kredit talon-toroji

Kredit mablag‘lari talon - torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 8,5 trln so‘mi amalda undirildi, 7 trln so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,2 trln so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,6 trln so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 609 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida jami 17,5 trln. so‘mlik yoki 66 foiz muammoli kreditlar qisqartirildi.

Qurilishdagi “burilish”lar

Qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 27 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar va 45 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etildi va huquqbuzarliklar oldi olindi.

Olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 139 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, 598 nafar mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi, 32 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 17,6 mlrd so‘mi undirildi.

Jinoyatchilik holati qanday?

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida mahallalarning 5 ming 268 tasida yoki 55,7 foizida jinoyat qayd etilmadi, 3 ming 362 tasi yoki 35,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.