Taniqli Amerika jurnali O’zbekiston Parij-2024 olimpiadasidan nechta medal olishini taxmin qildi
Mamlakatgaga eng ko‘p medal olib keladigan sport turlaridan biri sifatida dzyudo aytilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega bo’lishini taxmin qildi.
Boksdan 3 ta oltin
Jurnaldagi taxminlariga qaraganda, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. 71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, 92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Eng ko‘p medal olib keladigan sport turi dzyudo bo‘lishi mumkin
Shuningdek, nashr tomonidan O‘zbekistonga eng ko‘p medal olib keladigan sport turlaridan biri sifatida dzyudo taxmin qilinmoqda. Dzyudochilar Dilshodbek Baratov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov va Diyora Keldiyorova o‘z vaznida bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Davlat Bobonovning esa kumush medal uchun imkoniyatlari yuqori baholanyapti.
Shuning bilan birga, taekvondochilardan Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashidov bronza, Svetlana Osipova esa kumush medal egasi bo‘ladi deb qayd etilgan.



