$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tutunsiz og‘u”: O‘zbekistonda 2,5 millionga yaqin inson nos chekadi

Nosvoy

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoning 121 davlatida 350 milliondan ortiq tutunsiz tamaki foydalanuvchisi bor va ularning 67 foizini erkaklar, 33 foizini ayollar tashkil etadi. Ularning 95 foizga yaqini rivojlanayotgan mamlakatlarda, atigi 5 foizi rivojlangan mamlakatlarda yashaydi. Qiziqarlisi, SSV 2014-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini o‘rganilganda O‘zbekiston aholisining 12 foizi, erkaklarning 23,2 foizi, ya’ni har to‘rttadan bittasi, ayollarning 0,2 foizi nos chekishi aniqlangan. Ekspertlar tomonidan taqdim qilingan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda nos chekuvchilar soni 2,5 million kishiga yaqinlashgan, ularning orasida yosh bolalar ham bor.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchiligi

Yuqorida keltirilgan natija Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida nos chekish ko‘rsatkichining eng yuqorisi bo‘lgan. Bu natija Qirg‘izistonda — 5,2 foiz, Qozog‘istonda — 1,3 foiz, Turkmanistonda — 1,4 foiz. Bundan tashqari, tutunsiz tamaki mahsulotlarining 13—15 yoshdagi o‘smirlar orasida chekishning darajasi ham O‘zbekistonda qo‘shni mamlakatlarga qaraganda eng yuqori — 6 foiz bo‘lgan. Taqqoslash uchun bu natija Qirg‘izistonda — 5,1 foiz, Tojikistonda — 1,8 foiz, Qozog‘istonda — 0,6 foiz, Turkmanistonda — 0,2 foizni qayd etgan.

“Nosvoy” tarkibi

Yil yakunida Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida tayyorlangan nosvoy namunalari Yaponiyaning Kioto universiteti toksikologik laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilgan edi. Tadqiqotga ko‘ra, nosvoy tarkibida α-hexachlorocyclohexane, α-geksaxlorosiklogeksan, dieldrin, diyeldrin, toxphene-P26, toksafen- P26, endosulfan-2, endosulfan-2, hexachlorobenzene, geksaxlorobenzin kabi turg‘un organik ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Turg‘un organik ifloslantiruvchilar va pestitsidlar inson salomatligi hamda sayyora ekotizimiga tahdid soluvchi xavfli kimyoviy moddalar hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda nos hali ham legal mahsulot sifatida qolmoqda.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik