$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Ingliz tili o‘qituvchisidan xalqaro kompaniyaning savdo menejerligigacha – Azizjon Jumaboyevning muvaffaqiyat yo‘li yoshlarga motivatsiya ulashmoqda

Azizjon

“...O‘z oldinga qo‘ygan maqsadingdan qaytma, hayoting hali oldinda. Sendan umidimiz katta”. Otamni yo‘qotganimda onamdan eshitgan gapim shu bo‘ldi. Hayotimdagi eng muhim pallada hech kim menga bundan ortiq dalda bera olmasligini bilardim. Shuning uchun mas’uliyatni his qilib, o‘zimni qo‘lga olishdan boshqa choram ham yo‘q edi. Men uchun burilish nuqtasi aynan shu yerdan boshlandi desam yanglishmagan bo‘laman”.

"Norvale Company Limited" kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasida savdo menejeri sifatida ishlab yurganida Azizjonga bungacha to‘plagan shaxsiy tajribalari qo‘l keldi. Kompaniyaning asosiy faoliyati Germaniyaning “KARL STORZ GmbH & Co., KG” korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishdan iborat bo‘lib, bu yerda u:

–           xaridorlar bilan shartnomalar tuzish va imzolash;

–           imzolangan shartnomalar monitoringi;

–           yuk tashish hujjatlarini tayyorlash;

–           tender xaridlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

–           qabul qilish, o‘rnatish va o‘qitish dalolatnomalarini tayyorlash va imzolash;

–           Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazida tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlash kabi vazifalarni bajarardi.

Hammasi nimadan boshlandi?

Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida tavallud topgan Azizjonning bolalik yillari bir qarashda ko‘pchilik qatori oddiy o‘tdi. O‘zi yashaydigan Yunusobod tumanida tengqurlari bilan to‘p tepib katta bo‘ldi. Avvaliga futbol, keyinchalik boks va kikboks bilan shug‘ullanib, 2010-yilda kikboks bo‘yicha Toshkentda o‘tgan chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Azizjon, maktabda ham faol o‘quvchilardan edi. Davlat tadbirlari va fan olimpiadalarida faol qatnashardi. Bir safar fizika fanidan tuman olimpiadasida o‘zi o‘qiydigan maktab sharafini himoya qilib, faxrli 1-o‘rinni egallagan, yilning eng iqtidorli o‘quvchisi sifatida e’tirof qilingan.

Maktabni a’lo baholar bilan yakunlagach 2007-yilda Toshkent axborot texnologiyalari instituti qoshidagi akademik litseyiga qabul qilindi. Bu yerda ham “tinch o‘tirmadi”, litsey tadbirlarida faol qatnashib keldi, yangi do‘stlar orttirdi. Oldinda uni keyingi marra, oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish sari mashaqqatli yo‘l kutib turardi.

Ko‘pdan buyon o‘zi niyat qilib yurgan Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga hujjat topshirdi. Ketma-ket 2 yil davomida imtihonlardan o‘ta olmaganida ham tushkunlikka tushib qolmadi. Azizjon hayotda hamma narsa ham rejadagidek ketmasligini to‘g‘ri qabul qilib, o‘zi uchun yangi rejalar tuza boshladi. 2011-yilda u tanlagan sohasini o‘zgartirishga qaror qildi. Do‘stining taklifi bilan ingliz tilini chuqur o‘rganishni boshladi. U chet tilini puxta o‘rganish o‘z kelajagi uchun muhim ekanligini allaqachon tushunib yetgandi va bu eng to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi.