$
 12052.33
41.9
 14213.31
125.08
 153.71
2.46
weather
+26
Кечаси   +14°

Kiberjinoyatchilar 11 oyda o‘zbekistonliklarga 1 trln 890 mlrd so‘m zarar yetkazdi

kiberfiribgarlik kiberjinoyat kiber cyber

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni oshib bormoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

10 baravarga ko'paygan

Qayd etilishicha, 2021-2025 yillarda respublikada ushbu turdagi jinoyatlar soni 10 baravarga (4 865 tadan 62 440 taga) ko‘paygan. Buning oqibatida fuqarolarga 3 trln 730 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Shundan 1 trln 890 mlrd so‘m qismi joriy yil 11 oyi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jinoyatga qarshi kurashish

Bu sohadagi jinoyatlarga qarshi kurashishda tajriba to‘plash uchun xorijiy hamkorlar bilan ma’lumot almashish, ularning yetakchi xodimlarini jalb etish hamda mutaxassislar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, vazirlik akademiyasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, bu yildan boshlab 100 nafar kursant qo‘shimcha o‘qishga qabul qilingan. Shuningdek, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarni akademiyaning ushbu ta’lim yo‘nalishida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Zararli dasturlar

Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha raqamli laboratoriya tashkil etilgan. Fuqarolarning bank hisob varaqlaridan mablag‘larni noqonuniy yechib olishga yo‘naltirilgan, eng xavfli va ko‘plab fuqarolarga zarar yetkazgan 483 ta “fishing” turidagi zararli dasturlar aniqlanib, faoliyati to‘xtatilgan.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq 2 424 ta jinoyat aniqlangan. Jinoiy yo‘l bilan topilgan 76 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning kripto shaklida respublika hududdan olib chiqib ketilishi oldi olingan.

Kibermakonda jamoat tartibiga tahdid soluvchi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini targ‘ib qilib kelish bilan bog‘liq 3 843 ta internet resursi bloklangan, 1 508 ta firibgarlikka undovchi zararli havolalar faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Теги :
Iqtisodiyot