$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgan?

Keshbek

Soliq qo‘mitasi birinchi yarim yillikda qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.

Joriy yil boshidan iste’molchilarga 429,5 milliard so‘m keshbek to‘langan

Unga ko‘ra, joriy yil boshidan (29-iyul holatiga) iste’molchilarga 421,1 million chek uchun 429,5 milliard so‘m keshbek to‘langan. Shundan qariyb 71,5 milliard so‘mi iyun oyi uchun berilgan.

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

Toshkent shahri — 176,9 milliard so‘m;

Toshkent viloyati — 42,5 milliard so‘m;

Samarqand viloyati — 36,8 milliard so‘m;

Farg‘ona viloyati — 31,4 milliard so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 20,5 milliard so‘m.

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab naqd puldagi to‘lovlar uchun keshbek qaytarilishi bekor qilinishi mumkinligi aytilgandi. Bu haqda “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Keshbek faqat naqdsiz to‘lovlarga qaytariladi

“Daryo”ga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1 foiz miqdorida keshbek qaytariladi hamda to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda keshbek qaytarish tartibi bekor qilinishi belgilanmoqda.

Aholiga qaytariladigan 1 foizlik keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi

Ma’lumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan cheklar uchun keshbek 2022-yildan berila boshlagandi.

2024-yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi.

Теги :
Jamiyat