$
 11971.40
56.73
 13797.04
61.81
 151.81
3.54
weather
+26
Кечаси   +14°

K-pop ixlosmandlari uchun: 2025-yilda eng ko‘p eshitilgan qo‘shiq qaysi?

K-pop

Apple Music 2025-yilning eng yaxshi 50 ta K-pop qo‘shig‘i ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingning birinchi pog‘onasiga Blackpink guruhining uch yillik tanaffusdan so‘ng taqdim etgan ilk kompozitsiyasi — “Jump” joylashdi.

Iyul oyida chiqarilgan ushbu dans-pop yo‘nalishidagi qo‘shiq jamoaning yaqinlashayotgan uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Videoklip esa allaqachon 200 milliondan ortiq tomosha yig‘gan.

BTS rekordi yangilandi

Ikkinchi o‘rindan “K-pop-ovchi qizlar” animatsion filmidagi to‘qima guruh Huntr/x tomonidan ijro etilgan “Golden” trekiga nasib etdi. Mazkur saundtrek Spotify’ning global K-pop chartida misli ko‘rilmagan darajada — 71 kundan ortiq vaqt davomida yetakchi bo‘lib turgan. Avvalgi rekord BTS a’zosi Jungkook’ning “Seven” nomli treki hisobiga yozilgandi. “Golden” yaqinda Gremmi mukofoti uchun nominatsiya ham oldi, film esa Netflix tarixida eng ko‘p tomosha qilingan animatsiya bo‘ldi.

3 oylik natija

Uchinchi o‘ringa esa aespa guruhining “Rich Man” qo‘shig‘i joylashtirildi. Sentabr oyida taqdim etilgan ushbu kompozitsiyaga videoklip ham suratga olingan, keyinchalik qo‘shiqning inglizcha versiyasi ham chiqarildi.

Apple Music’ning “Kpopworld: Best of 2025” to‘liq ro‘yxati:

  1. Blackpink — “Jump”
  2. Huntr/x — “Golden”
  3. aespa — “Rich Man”
  4. Jennie — “Like Jennie”
  5. Meovv — “Burning up”
  6. Cortis — “FaSHioN”
  7. Allday Project — “Famous”
  8. Illit — “Do the Dance”
  9. Boynextdoor — “Hollywood”
  10. Hearts2Hearts — “Focus”
  11. j-hope, GloRilla — “Killin It Girl”
  12. Nmixx — “Blue Valentine”
  13. Ive — “XOXZ”
  14. KiiiKiii — “Dancing Alone”
  15. Kiss of Life — “Lips Hips Kiss”
  16. Stray Kids — “Ceremony”
  17. Babymonster — “We Go Up”
  18. Twice — “Me+You”
  19. Enhypen — “Bad Desire”
  20. Katseye — “Gabriela”
  21. Jisoo & Zayn — “Eyes Closed”
  22. NCT WISH — “Color”
  23. Le Sserafim, j-hope — “Spaghetti”
  24. Jin — “Don’t Say You Love Me”
  25. Seventeen — “Thunder”
  26. Qwer — “T.B.H”
  27. Riize — “Fly Up”
  28. izna — “Mamma Mia”
  29. G-dragon, Anderson .Paak — “Too Bad”
  30. Tws — “Overdrive”
  31. Fifty Fifty — “Pookie”
  32. fromis_9 — “Like You Better”
  33. Treasure — “Paradise”
  34. Jeon Somi — “Closer”
  35. Ateez — “In Your Fantasy”
  36. KickFlip — “My First Love Song”
  37. AtHeart — “Plot Twist”
  38. Mark — “1999”
  39. NCT Dream — “BTTF”
  40. Rescene — “Deja Vu”
  41. (G)i-dle — “Good Thing”
  42. Itzy — “Girls Will Be Girls”
  43. TXT — “Beautiful Strangers”
  44. Stayc — “Bebe”
  45. Artms — “Icarus”
  46. Zerobaseone — “Blue”
  47. Young Posse — “Freestyle”
  48. Viviz — “La La Love Me”
  49. Baby dont Cry — “F Girl”
  50. tripleS — “Are You Alive”
Теги :
Jamiyat