$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka-bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi

ipoteka-yttb

2025 yil 21-yanvar kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O'zbekistonda yashil moliya sohasidagi yutuqlarning taraqqiyoti va rivojlanishiga bag'ishlangan "Innovatsiyalar, investitsiyalar, foyda: O'zbekistondagi 'yashil' moliyaning kelajagi" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 

Tadbir O'zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish va savdo ko'magini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilgan yutuqlarni e’tirof etishga bag'ishlandi.

Tadbir davomida Ipoteka-bank YeTTB tomonidan ikkiyo’nalish, GEFF O‘zbekiston bilan iqtisodiyotning karbon chiqindilarini kamaytirish borasidagi yutuqlari hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi eng yaxshi loyiha uchun mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu natijalar, bankning O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi moliya xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinda ekanligini tasdiqlaydi.

Mukofotlar Ipoteka-banki va YeTTB o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasi hisoblanadi. Ushbu hamkorlik mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ipoteka-bank, mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirish va ilg‘or moliyaviy vositalarni joriy etishda davom etmoqda, bu esa O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Hamkorlik asosidagi ma’lumot