2024 yilda o‘zlashtiriladigan xorijiy investitsiyalar umumiy hajmi 37,5 mlrd. dollarga yetkaziladi
Yil yakuniga qadar tarmoqlar bo‘yicha 22 mlrd. dollar hamda hududlar kesimida 15,5 mlrd. dollar investitsiya o‘zlashtiriladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bunda investitsiya o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan ham ancha yuqorilagan.
Tarmoqlar kesimida investitsiyalar
Tarmoqlar kesimida investitsiyalarni o‘zlashtirish o‘tgan yilga nisbatan energetika 3,8 mlrd. dollar, umumiy hajmdagi ulushi 24,5 %, tog‘-kon sanoati 248,5 mln. dollar, va kimyo sanoatida 3 baravarga, elektrotexnika sanoatida 116,5 mlrd. dollar 4,3 baravarga o‘sdi.
Hududlar kesimida o‘sish surati
Hududlar kesimida – Toshkent shahri 1,2 mlrd. dollar, Namangan 879,2 mln. dollar, Toshkent 739 mln. dollar, 685,7 mln. dollar bilan Farg‘ona viloyatlarining xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishdagi salmog‘i yuqori bo‘ldi.
Yil yakuniga qadar rejalar
Yil yakuni bilan umumiy qiymati 15,2 mlrd. dollar bo‘lgan 228 ta loyihalarni ishga tushirish natijasida, jami:
- 28,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
- 42 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi;
- 1,4 mlrd. dollarlik import o‘rnini bosishga erishiladi;
- 710 mln. dollarlik eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning xalqaro “Savdo erkinligi” ko‘rsatkichi 20,2 ballga yaxshilanib, 21-inchi yildagi 55,4 balldan 23-inchi yilda 75,6 ballga ko‘tarildi. Buning uchun, tashqi savdoni tartibga solish va soddalashtirish yo‘nalishida 60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.



