$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“InnoWeek-2024”: O‘zbekistonda innovatsion hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

kongratbay

Bugun Toshkentda “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi. 14-16 noyabr kunlari davom etadigan ushbu haftalik “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Unda xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnoparklar va biznes inkubatorlar ishtirokidagi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbirning asosiy maqsadi xorijiy va mahalliy mutaxassislar o‘rtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida tajriba almashish uchun maydon yaratishdir.

Suv tanqisligi muammosiga innovatsion yechimlar zarur

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ochilish marosimida Qo‘ng‘irotboy Sharipov ushbu yilgi “InnoWeek” tadbiri global hamda mahalliy muammolarga ilmiy-innovatsion yechimlar topishda muhim qadam ekanini ta’kidladi.

“Oziq-ovqat tanqisligi fonidagi suv tanqisligi kelajakda hududlarimizni cho‘llashishiga olib kelmoqda. Bu masalalar yetishtirilayotgan mahsulotlarimizning kamayib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Biz innovator olimlarimizdan bu muammolarga ko‘proq e’tibor berishini so‘rab qolar edik. Energetika xavfsizligi yo‘nalishida yangi energiya turlarini ishlab chiqish, energiyadan samalari foydalanish yo‘llarini topishga katta e’tibor berish kerak. O‘ylaymanki, “InnoWeek” doirasida bu masalalarni yechish uchun yangi-yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi”, dedi Sharipov.

“Markaziy Osiyo bozorlarini raqamli iqtisodiyot orqali rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz”

Haftalik doirasida yana bir muhim tadbir – O‘zbekiston-Xitoy ilk marta yoshlar innovatsion forumi ham bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vakillari, yosh olimlar va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Forum davomida ikki davlat vakillari yoshlarning innovatsion faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilishdi.

Tadbirda so‘z olgan Qualcomm Big Data kompaniyasi vakili Chen Xun Markaziy Osiyoning jahon taraqqiyoti uchun muhim mintaqa ekanini alohida qayd etib, Xitoy ham O‘zbekiston uchun innovatsiyalar bo‘yicha kerakli yordamni berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

“Biz ham yangi zamonaviy O‘zbekiston uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz. Bu yozda kompaniya raqamli iqtisodiyot, katta ma’lumotlar, Cloud xizmatlari, iqtisodiy tadqiqotlar va bozor tahlillari orqali Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Internet texnologiyalari va turli to‘lov variantlarining rivojlanishi tufayli ushbu loyiha bozorga, jamiyatga xizmat qilish, sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va favqulodda vaziyatlarda ko‘mak berishga qaratilgan” deya loyiha haqida fikr bildirib o‘tdi Chen Xun.