$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Iyulda inflyatsion kutilmalar minimumgacha pasaydi

positive

Shunga valyuta kursi o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar ortdi.

Inflyatsiya kutilmalar o‘zi nima?

Inflyatsiya kutilmalari — odamlarning kelgusi oylar va yillarda narxlarning oshishi haqidagi taxminlari. Bu taxminlar odamlarning iste’molchi sifatidagi xatti-harakatlariga ta’sir qiladi. Narxlar ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan narsalarni tezda sotib olishni xohlaydigan odamlar xaridlarni kechiktirishni to‘xtatadi, ko‘proq pul sarflaydi, kamroq tejaydi va tez-tez kredit oladi. Natijada kutilayotgan inflyatsiya real inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Talabning oshishi ta’sirida narxlar tezroq ko‘tarila boshlaydi.

Agar odamlar inflyatsiyaning o‘sishini vaqtinchalik deb hisoblasa, uzoq muddatli inflyatsiya kutilmalari oshmasligi mumkin — inflyatsiya kutilmalarining bunday mustahkamlanishi Markaziy bank siyosatiga bo‘lgan ishonchga asoslanadi: biznes va aholi pul-kredit siyosati inflyatsiyani avvalgi darajaga qaytarishiga ishonganda, kelajakdagi narxlarning oshishi haqida kamroq tashvishlanadi.

Valyuta o‘zgarishidan xavotirlar pasayib ketdi

Markaziy bank iyul oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

So‘rovnomada qatnashayotganlarning ketma-ket 4 oydan beri valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlari kamayib boryapti.

Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha yillik kutilmalari 12 foizni tashkil qilib, iyun oyiga nisbatan 0,8 foizga pasaygan.

Aholi qanday omillarni ta’sirga ega deb hisoblaydi?

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

1. Kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (51 foiz);

2. Yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (44 foiz);

3. Valuta kursi o‘zgarishi (39 foiz);

4. Monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishi (28 foiz);

5. Transport xarajatlarining oshishi (26 foiz).

Iyul oyida kommunal xizmatlar narxining oshishini, yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishini va valuta kursi o‘zgarishini inflatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omil sifatida qayd etgan respondentlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Iyul oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 11,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,7 foiz bandga pasaygan.

Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

1. Kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (50 foiz);

2. Yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (42 foiz);

valuta kursining o‘zgarishi (38 foiz);

3. Transport xarajatlarining qimmatlashishi (31 foiz).

4. Soliq yukining yuqoriligi (28 foiz);

So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma IT va OAV (12,7 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani qishloq xo‘jaligi vakillari (9,7 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma umumiy ovqatlanish tarmog‘iga (12,2 foiz), eng optimistik kutilma esa turizm (9,8 foiz) sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida inflatsion kutilmalar

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (13,7 foiz) va Surxondaryo viloyatida (13,5 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Farg‘ona (10,2 foiz) va Toshkent viloyatida (10,7 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toshkent shahri (12,6 foiz) va Sirdaryo viloyatida (12,3 foiz) baland, Andijonda (9,7 foiz) esa eng past bo‘lgan.

Daromadlari 5 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori shakllangan. Oyiga 10-15 mln so‘m ishlab topadigan daromad egalarining inflyatsion kutilmalari 13,6 foiz bo‘lgan.


Теги :
Jamiyat