$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Quloqlar orqasidagi shishgan limfa tugunlari: Bu qanchalik xavfli?

limfa

Limfa tugunlarining yallig‘lanishi jiddiy kasalliklarning dastlabki ogohlantiruvchi belgisidir. Shu bois bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Oliy toifali shifokor Ravshanbek Umarov shishgan limfa tugunlari ming sog‘liqqa qanday ta’sir qilishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

"Limfa tugunlari bakteriyalar, mikrob va turli toksinlarni zararsizlantiruvchi biologik filtr hisoblanadi. Ularning yallig‘lanishi esa infeksiyaning tanaga kirganligini anglatadi", — deydi mutaxassis.

Limfa tugunining qayerda joylashgani va shishishi muhim emas: quloq orqasida yoki bo‘yinda — barcha hollarda bemorga darhol tibbiy yordam zarur.

Limfa tugunlarining shishish sababi

Sog‘lom holatda limfa tugunlari juda yumshoq bo‘lib, ularni paypaslash qiyin. Biroq ular yallig‘langanda qattiqlashib, kattalashadi. Bu holat ko‘pincha qo‘shni organlardagi muammolar bilan bog‘liq. Xususan, parotit tugunlarining yallig‘lanishi asosan quyidagi kasalliklarda kuzatiladi:

  • rivojlangan kariyes, milk va og‘iz to‘qimalarining yallig‘lanishi;
  • tashqi yoki ichki eshitish yo‘llarining yallig‘lanishi (otit, tubootit, furunkul va boshqalar);
  • OIV infeksiyasi;
  • shamollash deb ataladigan yuqumli kasalliklar (gripp, O‘RVI, faringit, laringit, tonzillit va hokazo).

Limfadenit

Limfa tugunlarining yallig‘lanishi ko‘pincha o‘tkir virusli infeksiyalar fonida paydo bo‘ladi. Jumladan, u burun oqishi bilan birga keladi. Ammo, bu alomatlar isitma, kuchli og‘riq, quloq sohasidagi shish, shuningdek asta-sekin yiringlash bilan kechsa, bemorda limfadenit rivojlana boshlaydi. Bu esa tugunning o‘zi yallig‘langanligini anglatadi. Ushbu holat esa o‘z vaqtida davolanishni talab etadi.

Issiq kompress limfa tugunlaridagi infeksiyani organizmga tarqatib yuboradi

Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolanish uchun mutaxassis eng birinchi navbatda limfa tugunlarining kengayish darajasini aniqlash maqsadida uni diqqat bilan paypaslab ko‘radi. Agar yallig‘lanish virusli kasallikdan kelib chiqqan bo‘lsa, birinchi navbatda virusga qarshi choralar qo‘llaniladi.

Shifokor ko‘rsatmasisiz limfa tugunlariga issiq kompress qo‘yish aslo mumkin emas. Chunki u infeksiyaning organizmga yanada keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Jiddiy kasallik belgisi

Unutmang, limfa tugunlarining yallig‘lanishi jiddiy kasalliklarning dastlabki ogohlantiruvchi belgisidir. Shu bois bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.