$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir dona “hot dog” umrni 36 daqiqaga, bir stakan gazli ichimlik esa 12 daqiqaga qisqartirishi mumkin

Fast food Foto: The expert clinics

Olimlar inson hayotiga kundalik ovqatlanish ratsioni qanday ta’sir qilishini o‘rganib chiqishdi va natijalar juda qiziqarli. Ularning ma’lum qilishicha, ba’zi mahsulotlar inson umrini qisqartirsa, boshqalari hayot davomiyligini uzaytirishga yordam beradi.

Umrni qisqartiruvchi mahsulotlar

Masalan, bir dona “hot dog” umrni 36 daqiqaga qisqartirishi mumkin, bir stakan kola — 12 daqiqa, chizburger esa taxminan 9 daqiqaga. Bu mahsulotlar tarkibidagi ortiqcha yog‘, tuz va qand salomatlik uchun xavfli va yurak-qon tomir, qandli diabet kabi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?

Lekin ijobiy misollar ham bor. Yeryong‘oq yog‘i va murabbodan tayyorlangan buterbrod inson umriga 32 daqiqa qo‘shishi mumkin, loviya va yong‘oqlar — 16 daqiqa, meva — 10 daqiqa, losos balig‘i esa yana 32 daqiqa umr beradi. Bunday mahsulotlar tarkibida vitamin va foydali yog‘lar ko‘p bo‘lib, ular organizm uchun zarur moddalar manbai hisoblanadi.

Bu tadqiqotda jami 5 800 turdagi mahsulot o‘rganilgan. Uning natijalariga ko‘ra, ishlov berilgan, ortiqcha qand va yog‘ qo‘shilgan mahsulotlar umrni qisqartirsa, tabiiy va vitaminlarga boy taomlar hayot davomiyligini uzaytirishga yordam beradi.

Теги :
Salomatlik