$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yashil energiya uchun kompensatsiyalar to‘lanadi

Yashil energiya

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Kompensatsiyalar va ma’lumot

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi ma’lum bir miqdorda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.  Batafsil ma’lumotni energymarket.uz saytidan olish mumkin.

Kompensatsiya miqdorlari

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

1. 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar ya’ni 2 mln. 380 ming so‘m;

2. 1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar ya’ni 3 mln. 400 ming so‘m;

3. 1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar ya’ni 5 mln. 100 ming so‘m;

4. 2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar ya’ni 6 mln. 800 ming so‘m; 

5. 5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar ya’ni 17 mln. so‘m, faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda.