$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Alkogolsiz va gazsiz deya ko‘rsatilgan ichimliklar energetik bo‘lib chiqdi

Energetik

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan respublikamizga chetdan olib kelinayotgan energetik ichimliklarni hujjatlarda go‘yoki salqin ichimliklar tarzida ko‘rsatishga urinishlarga chek qo‘yildi. 

41,2 ming dollarlik ichimliklar

“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Koreyadan keltirilgan qiymati 41,2 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi 16,3 ming litr ichimliklarni bojxona yuk deklaratsiyasida alkogolsiz va gazlanmagan qahvali ichimlik tarzida yolg‘on ma’lumot bilan ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qo‘shimcha boj to‘lovlari belgilandi

Ammo, bojxona ko‘rigi davomida ushbu mahsulot tarkibiga nisbatan shubha tug‘ilganligi sababli ichimlik namunalari Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazildi.

Ekspertiza xulosasiga asosan mazkur ichimliklar energetik va tektiklantiruvchi ichimlik ekanligi ma’lum bo‘ldi va ushbu tovarlarga nisbatan salkam 37 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Yana bir yolg‘on bilan olib kirilayotgan energetiklar

Huddi shundan holat “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ham fosh qilindi. Unda xorijdan keltirilgan 47,5 ming litr energetik ichimliklar bu gal hujjatlarda kuchli gazlangan ichimlik tarzida qayd etilgan. Hozirda ushbu mahsulotlarga nisbatan ham salkam 80 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekistonda ham energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning har bir litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Теги :
Jamiyat