$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi viloyatda yopiq qarorlar ko‘proq qabul qilinmoqda?

e qaror

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi bo‘lgan “E-qaror” platformasi ishga tushirilgan.

Ushbu platforma orqali qaysi hokim qanday qaror qabul qilgani, byudjet pullari nimalarga sarflanayotganini bilib borish mumkin. Shu davrga qadar platformaga 530 265 ta qaror yuklangan.

Biroq ushbu qarorlarning barchasi ham jamoatchilik uchun ochiq emas. Ularning aksariyati ushbu hujjat mazmunida shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi tufayli yashirilgan.

6 oyda qabul qilingan qarorlarning 3/1 qismi yopiq

Masalan, joriy yilning I choragida da qabul qilingan qarorlarning 3/1 qismi platformada yopiq. Bu haqda Adliya huquqni qo‘llashning metodik ta’minlash boshqarmasi bosh maslahatchisi Iskandarjon Islomov ma’lum qildi.

Platformada o‘tgan 6 oy davomida 63 ming 152 ta qaror qabul qilingan bo‘lsa, shundan 16 ming 309 tasi kengash qarorlari, 46 ming 843 tasi esa hokim qarorlaridir. Mazkur qarorlarning 20 ming 734 tasi, ya’ni uchdan bir qismi yopiq holda qabul qilingan”, dedi vazirlik mas’ul xodimi.

Eng ko‘p yopiq qarorlar viloyatlar kesimida:

1. Samarqandda 3 ming 630 ta;

2. Xorazmda 3 ming 438 ta;

3. Farg‘onada 2 ming 232 ta;

4. Sirdaryoda 2 ming 170 ta;

5. Buxoroda 2 ming 160 ta.

Umumiy hisobda 1312 ta qaror noqonuniy joylangan bo‘lsa, shundan 811 tasi noto‘g‘ri ochiq holatda, 501 tasi esa yopiq holatda joylangan.