Xotin-qizlar biznesi rivojlantirilmoqda
Yanvar-iyun oylari davomida 2,9 million aholining daromadli ish bilan ta’minlanganligi soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Shu o‘rinda ayollar tadbirkorligiga ham katta e'tibor qaratilmoqda.
Ayollar tadbirkorligi
Joriy yilning 6 oyida 4 ta amaliy chora-tadbir bajarildi. Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida hududlardagi 14 ta "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari"da SMM, mobil grafika, IT, veb dizayner kabi zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
O‘qitish rejalari
Ushbu markazlarda joriy yilda 89 ming nafar xotin-qizni
kasb-hunarga va tadbirkorlikka, 50 ming nafar xotin-qizni IT yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.
Mazkur markazlarda 15 ta yo‘nalishda ikki oygacha bo‘lgan o‘quv kurslari tashkil etilib, 6 oyda jami 44 ming nafar ayollar kasb-hunarga o‘qitildi.
Ajratilgan mablag‘lar
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan markazlarning o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq 3,8 mlrd so‘mlik xarajatlari qoplab berildi.
Bundan tashqari, yilning yanvar-iyul oylarida 14,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashildi. Qolaversa, joriy yilning 7 oyida 3 976 nafari kasb-hunarga o‘qitishga jalb qilindi.



