Yarim yilda 525,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarildi
Shuningdek, 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov yanvar-iyun oylaridagi hisobotni taqdim etdi.
Prognoz 109,7 foizga bajarildi
Unga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, prognoz 109,7 foizga bajarilgan.
Shuningdek, uglevodorodlarni qazib chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish uchun, 43 ta quduq burg‘ilangan.
Bir qancha konlarda burg‘ulash yakuniy bosqichda
Ustyurt hududida chuqur yura qatlamlarining gazga istiqbolliligini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston tarixida ilk bor chuqurligi 5500-6500 metr bo‘lgan “Quyi Surgil” konidagi 11-sonli, “Sarijol” konidagi 1-sonli va “Gʻarbiy Quyi Surgil” konidagi 1P-sonli quduqlarda burg‘ilash ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.
4 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilgan
Shuningdek, 40 ta ta quduqda kapital ta’mirlash va 20 ta ta texnologik chora-tadbir bajarildi. Jumladan, “Sho‘rtan” konida Xitoyning “Jereh” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda 5 ta kichik kompressor stansiyasi ishga tushirildi.
Konlarda 4 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib foydalanishga topshirildi. Tabiiy gaz uzatish barqarorligini ta’minlash uchun gaz transport tizimida 56,4 km gaz quvuri qurildi.
525,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilgan
846,7 ming tonna uglevodorod xom ashyosi qayta ishlanib, 525,9 ming tonna avtobenzin, 307,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, shundan “GTL” dizel yonilg‘isi – 184,3 ming tonna, 98,3 ming tonna aviakerosin, shundan “GTL” kerosini – 50,9 ming tonna va “GTL” nafta - 121,5 ming tonna ishlab chiqarildi.



