$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bayramlar sabab tashkil etiladigan dam olish kunlari — ular uchun eng yomon kunlar

Vaqtinchalik tergov hibsxonasi

Bu yil O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Ko‘pchilik bu kunlarda qayergadir borish yoki qandaydir ko‘ngilochar yumush bilan shug‘ullanishni rejalashtiradi. Biroq shunday toifa insonlar borki, ular bayram kunlari tezroq tugashini xohlaydi.

Vaqtinchalik tergov hibsxonalaridagi vaziyat

Amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev o‘z sahifasiga joylagan postiga ko‘ra, tergov va sud jarayonida ehtiyot chorasi sifatida vaqtinchalik tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bayram kunlari tezroq tugashini xohlashar ekan. Bunda e’tibor ularning ayblilik yoki aybsizligida emas, aybsizlik prezumpsiyasiga asosan aybsiz ekanligiga qaratilgan.

5 ta sabab

Postda yozilishicha, mazkur toifaga kiruvchi shaxslar 5 ta sabab tufayli bayram kunlari tezroq o‘tib ketishini istashadi. Bular:

  1. bayramdan kamida 3-4 kun oldin xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “etap qilish” to‘xtatilganligi sababli tergov va sud jarayonlari ham vaqtinchalik to‘xtatiladi;
  2. bayram kunlari tergov hibsxonalariga “дачка” kiritish to‘xtatiladi, ya’ni oziq-ovqat va kiyim-kechak kiritish mumkin emas;
  3. qamoqda saqlanayotganlarning advokatlar va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlari bayram davrida to‘xtatiladi;
  4. hududiy vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan markaziy tergov hibsxonalariga olib kelinadi. Oqibatda, o‘zi to‘lib-toshib yotgan kameralarda uxlash uchun hatto yerda ham joylar yetishmay qoladi;
  5. har kunlik toza havoga sayr qilish jarayonlari ham ichki ishlar xodimlarining bayram tadbirlariga jalb qilinganligi sababli to‘xtatiladi.

4 kunlik bayramning 10 kunga cho‘zilishi

Bundan tashqari, xabarda keltirilishicha, bayram kunlari tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar tili bilan aytganda, “мороз” boshlanadi. Bu holat 4 kunlik bayramdan keyingi kuchaytirish yechilgunga qadar yana 3-4 kun davom etadi. Natijada, 4 kunlik bayram bu toifa shaxslar va ularning yaqinlari uchun kamida 10 kunga cho‘ziladi. Aynan yuqorida keltirilgan sabablar tufayli tergov va sud jarayonida ehtiyot chorasi sifatida vaqtinchalik tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bayram kunlari tezroq tugashini xohlashadi.

Теги :
Jamiyat