Markaziy Osiyo mamlakatlari banklari Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishdan ommaviy ravishda voz kechishmoqda
Tahlilchilar banklarning bunday harakatlarini AQSh sanksiyalariga tushishni istamasliklari bilan izohlashmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

The Moscow Times nashri Markaziy Osiyo mamlakatlari banklari Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishdan ommaviy ravishda voz kechishayotganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, Rossiyadan to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston banklarida uhramoqda. Ular Rossiya kompaniyalaridan mablag‘ olishni tez-tez rad qila boshlagan.
Nazorat tizimlari kuchaytirilgan
Ma’lum bo‘lishicha, iyul oyida Markaziy Osiyo banklari orqali to‘lovlarni rad etish 30%gacha o‘sgan, operatsiyalarni amalga oshirishning o‘rtacha muddati 15%ga oshadi — ikki haftagacha. Mazkur holat mahalliy banklarning nazorat tizimini kuchaytirgani bilan izohlanadi. Banklar tobora ko‘proq qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni, shu jumladan kompaniyalar, ularning ta’sischilari, mijozlari, mablag‘larning kelib chiqish manbalari va bitimlar tafsilotlarini talab qilmoqdalar. Qizig‘i bu muammolar hattoki milliy valyutadagi to‘lovlar bilan ham yuzaga kelmoqda.
Sanksiya xavfi
Shuningdek, xabarda yana qayd etiladiki, $10 ming miqdordagi tranzaksiya muvaffaqiyatli o‘tsa, $50 minglik to‘lov bekor qilinishi mumkin. Aksar muammolar Markaziy Osiyo banklari orqali Xitoy bilan to‘lov operatsiyalarida kuzatilmoqda, degan soha mutaxassislari. Tahlilchilar banklarning bunday harakatlarini AQSh sanksiyalariga tushishni istamasliklari bilan tushuntirmoqdalar.



