$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank 8 ta bank va 7 ta to‘lov tashkilotiga sanksiya qo‘lladi

mb

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshiruvlar davomida banklar, to‘lov va mikromoliya tashkilotlarining iqtisodiy me’yorlarga rioya etish holati ko‘rib chiqildi. Natijada aniqlangan qoidabuzarliklar uchun qator moliyaviy institutlarga jarima sanksiyalari qo‘llandi, ayrimlari esa ogohlantirish bilan cheklanishdi. Bank nazorati qo‘mitasi o‘tgan oylik yig‘ilishlarda jami 32 ta masalani ko‘rib chiqdi va tegishli qarorlar qabul qildi.

Tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxati tasdiqlandi

Regulyator nazorati qo‘mitasi qaroriga binoan, 2025-yil uchun 7 ta bank tizimli ahamiyatga ega banklar sifatida belgilandi. Bu banklar mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Bank nazorati qo‘mitasi faoliyati

Bank nazorati qo‘mitasi noyabr oyida ro‘yxatga olish va ruxsat berish bo‘yicha 13 ta, nazorat tadbirlari va tekshiruvlar natijalari bo‘yicha esa 19 ta masalani muhokama qildi. Xususan:

  • Kredit tashkilotlari ustaviga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Banklarda audit o‘tkazish uchun malaka sertifikatini taqdim etish;
  • Kredit tashkilotlari ustav fondiga ulush kiritish bo‘yicha ruxsatnomalar berish.

 Tekshiruvlar davomida 8 bank, 7 to‘lov tashkiloti, 12 mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Shuningdek, 22 bank va 3 to‘lov tashkiloti turli choralar qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi.

Rahbariyatdagi o‘zgarishlar

Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlangandi. Avvalgi rahbar Mamarizo Nurmuratov esa prezident taqdimnomasiga asosan lavozimidan ozod etildi.

Теги :
Jamiyat