$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Keyingi yil 450 mingda avtomobil ishlab chiqariladi

UzAuto

Shavkat Mirziyoyevga avtomobilsozlikdagi yutuqlar va kelgusi rejalar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

450 mingta avtomobil

Unda keltirilishicha, kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.

Elektromobillar sonini 500 ming donaga yetkazish rejalashtirilmoqda

Ma’lumki, Jizzaxda “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil zavodi barpo etilgan. Hozirda u yerda Chazor va Song Plus Champion kabi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusi yillarda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bu yil 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

O‘zbekiston sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan o‘n oyda 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar bo‘lgan.

Eng ko‘p Cobalt ishlab chiqarilmoqda

Statistika agentligi esa faqat 9 oylik natijalarni ochiqlagan, xolos. Unga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 297 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bundan kelib chiqadik, bir oyda o‘rtacha 40 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilmoqda.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar soni yanvar-sentyabr bo‘yicha:

— “Cobalt” – 117 705 dona;

— “Damas” – 70 030 dona;

— “Tracker” – 31 197 dona;

— “Onix” – 24 753 dona;

— “KIA” – 14 214 dona;

— “Lacetti-Gentra” – 12 837 dona;

— “Chery” – 5 619 dona;

— “Haval” – 1 803 dona;

— “Lada” – 6 dona;

— Maxsus yengil avtomobillar – 18 880 dona.

Теги :
Jamiyat
Avto