$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektromobillar savdosi 87,5%ga oʻsdi: Oʻzbekiston avtomobil bozorida qanday oʻzgarishlar kuzatildi?

avto

Oktyabr oyida Oʻzbekistonda umumiy avtomobil savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 7% kamroq. Bu yilgi ko‘rsatkichlar boʻyicha umumiy savdo hajmi 44%ga kamaydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR)ning tahliliga koʻra, ayrim segmentlarda pasayishlar, boshqalarda esa o‘sishlar kuzatilmoqda.

Yillik pasayish davom etmoqda

Yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6%ga kamayib, 95,4 ming donani tashkil etdi. Yillik ko‘rsatkichda esa 43,3% pasayish qayd etildi. Hududiy tahlil natijalariga koʻra, savdolardagi eng katta pasayish Toshkent shahrida – 18,4%, Fargʻona viloyatida – 17%, va Andijon viloyatida – 14,4% boʻlgan.

Mahalliy avtomobillar savdosi kamaymoqda

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar birlamchi bozorida savdo hajmi o‘tgan oyga nisbatan 15%ga kamayib, 30,2 ming donani tashkil etdi. Yillik koʻrsatkich boʻyicha 22% kamayish kuzatildi.

Xorijiy avtomobillar segmenti barqaror oʻsish yoʻlida

Xorijiy avtomobillar savdosi esa o‘sishda davom etmoqda. Oktyabr oyida bu segmentda faollik 35%ga oshib, umumiy hisobda 4,7 ming dona xorijiy avtomobil sotildi. Ammo yillik koʻrsatkich boʻyicha savdo hajmi 20%ga kamaygan.

Ikkilamchi bozorda faollik susaygan

Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda 60,4 ming dona yengil avtomobil sotildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar kam. Ushbu segmentda faollikning pasayishda davom etmoqda.

Elektromobillar bozorida yil davomida rekord oʻsish kuzatildi

Elektromobillar segmenti faollik koʻrsatkichlarini yaxshilab, rekord oʻsish tempini saqlab qolmoqda. Oktyabr oyida sotuvlar hajmi sentyabr oyiga nisbatan 20%ga oʻsib, 5,1 ming donaga yetgan. Yillik oʻsish esa 87,5%ni tashkil etib, bu bozorda sezilarli faollik kuzatilmoqda.

Elektromobillar savdosi qaysi hududlarda oʻsmoqda?

Hududlar kesimida eng koʻp elektromobillar Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida sotilgan. Bu koʻrsatkichlar elektromobillar bozorining mamlakat boʻylab barqaror oʻsish tendensiyasini tasdiqlaydi.

 

Теги :
Avto