$
 12939.93
24.03
 14725.64
67.39
 162.03
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda bir oylik armiya uchun to‘lov miqdori oshiriladi

armiya harbiy xizmat

Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Ya’ni 1-sentyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi.

Qancha muddat beriladi?

Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ta’minotiga yo‘naltiriladi.

Necha yoshgacha qabul qilinadi?

Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.