$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ruhiyatingiz joyidami Rustamjon? — Alimoff

Rustamjon domla va Nurbek Alimov

Hammasi Diyora Keldiyorovaning g‘alabasidan keyin boshlandi. Ushbu tarixiy oltin medal nafaqat OAVlar balki butun ijtimoiy tarmoqni jonlantirdi. Prezidentdan, Saida Mirziyoyevadan yo‘llangan tabriklar butun internetda tarqaldi. Shuningdek, ushbu g‘alabaga ko‘plab jamoat faollari ham turli xil munosabatlar bildirdi.

Rustamjon domla qizlarni sportga berish haqida gapirdi

Xalqqa “Rustamjon domla” nomi bilan tanilgan Rustam Hamidov ham o‘zining Facebook sahifasida ushbu g‘alabadan keyin qizlarni yakka kurash sport turlariga to‘garakka berish haqida post qoldirdi.

“Qizimni sport maktabiga berdim, sog‘lom, chiniqqan, o‘zini himoya qiladigan bo‘lsin, deydigan otalarga savol: Hali begona erkak barmog‘ini uchini ham ushlamagan qizingizni o‘zidan ko‘ra baquvaatroq, “portner”ga qo‘yish qoidasi uchun o‘g‘il bolalar bilan kurashtirishlarini, bir-birini ushlamagan joyi qolmasligini bilasizmi?” — deb yozgan Rustamjon domla.

Ruhiyatingiz joyidami sizni, Rustamjon?

Rustamjon domlaning ushbu posti bir qancha tanqidlarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, jamoat faoli, bloger Nurbek Alimov ham ushbu postga munosabat bildirib, Rustamjon domlaga haqoratomuz savol yo‘lladi.

"Olimpiya termamiz birinchi oltinni olganda faxrdan o‘zimga sig‘magandim.

Yetarli sharoit va dalda olib turgan o‘zbekistonlik ayol-qiz qo‘lidan nimalar kelishini ko‘rib xursand bo‘lgandim. Ayollar kuch deb xursandchiligimni bo‘lishgandim kanalda.

Bugun “domla” Rustam Hamidov joylagan mana bu postini ko‘rib o‘tgan kuni yelkamdan o‘tgan chumolilar qaytib tushgandek bo‘ldi. Hamidov Rustamga qiz katta qilayotgan ota sifatida judayam muhim savollarim bor: Inson yosh bolalarning sport bilan shug‘ullanishida shahvoniy hissiyot ko‘rishi uchun qanchalik tuban va "gnida" bo‘lishi kerak? Ruhiyatingiz joyidami Rustamjon?” — deya murojaat savolini yo‘llagan Alimoff o‘z blogida.