$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda aliment miqdori oshdi

aliment

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamasa yoki uning daromadini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, aliment qarzi mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.

Natijada...

2026-yil 28-apreldan boshlab O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichining 6,8 million so‘mdan oshgani sababli rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar ham oshdi.

Natijada taxminiy aliment to‘lovlari:

bir nafar bola uchun — 1,7 mln so‘m;

ikki nafar bola uchun — 2,3 mln so‘m;

uch va undan ortiq bola uchun — 3,4 mln so‘m atrofida hisoblanmoqda.

Qayta hisob-kitob amaldagi qonunchilik asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

61 foizi ishsiz

Eslatib o‘tamiz, majburiy ijro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, aliment to‘lovchilarning 61 foizi ish bilan ta’minlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas. Bu esa mazkur o‘zgarish aliment to‘lovchilarning katta qismi uchun dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat