$
 12057.32
-21.15
 14192.67
-41.81
 155.16
-0.07
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir million daqiqalik sinov: o‘zbek milliy brendi jahon gigantlari qatorida

r1

Maishiy texnika tanlashda iste’molchi uchun eng muhim savollardan biri — mahsulot qanchalik ishonchli ekani. Sifat va ishonchni baholashda real ish sharoitidagi natijalar hal qiluvchi ahamiyatga ega.

 Strategik nuqtalarda haqiqiy sinov

Poytaxtning eng yuklama yuqori bo‘lgan strategik nuqtalari — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Toshkent metropolitenida Premier televizorlari 1 yildan oshiqroq vaqt davomida uzluksiz ishlab kelmoqda. Tun-u kun o‘chmaydigan ekranlar, minglab yo‘lovchilar oqimi va yuqori talablar har qanday texnika uchun jiddiy sinov.

Toshkent xalqaro aeroporti media rahbariyati ma’lumot berishicha, Premier ekranlari salkam bir yarim yil, ya’ni bir million daqiqadan ortiq vaqt mobaynida ekstremal sharoitlarda uzluksiz ishlagan va shu davr ichida texnik servis xizmatiga umuman murojaat bo‘lmagan.

Ishonch raqamlarda

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda har to‘rt oilaning birida Premier mahsulotlari mavjud. Bu esa iste’molchilarning milliy brendga bo‘lgan ishonchi yil sayin ortib borayotganidan dalolat beradi.

Milliy brend xalqaro talablar darajasida

Bugun milliy brendlar nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro talablarga javob bera oladigan darajaga chiqmoqda. Premier misolida esa bu so‘zlar emas, balki amaldagi natijalar bilan tasdiqlangan holatdir. 

Bir yarim yil va bir million daqiqalik sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu texnika endi har bir xonadonda uzoq yillar xizmat qilishiga shubha yo‘q. Siz endi qo‘rqmay milliy brendlardan televizorlar xarid qilsangiz bo‘ladi.