$
 12099.18
-32.37
 14134.26
9.5
 153.82
0.28
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda OSAGO bo‘yicha sug‘urta qoplamasi 80 mln so‘mgacha oshirildi

osago

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda OSAGO bo‘yicha sug‘urta qoplamasi ikki baravar oshirilib, 80 million so‘mgacha yetkazildi. Bu yo‘l-transport hodisasi sizning aybingiz bilan sodir bo‘lgan taqdirda zararlarni qoplashda yanada kengroq moliyaviy himoyani anglatadi.

OSAGO elektron polisini Euroasia Insurance orqali atigi 5 daqiqada onlayn rasmiylashtirish mumkin. Buning uchun ofisga borish, navbatda turish yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Rasmiylashtirilgan elektron polis to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lib, darhol Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Euroasia Insurance orqali OSAGO rasmiylashtirish bir qator qulayliklarni taqdim etadi:

  • polisni 100% onlayn, qisqa vaqt ichida olish;
  • 80 mln so‘mgacha sug‘urta qoplamasi;
  • rasmiy elektron polis;
  • mobil ilova orqali boshqaruv;
  • 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati.

Maxsus aksiya

Shuningdek, kompaniya OSAGO rasmiylashtirgan mijozlar uchun maxsus aksiyani ham e’lon qildi. Hozirda Euroasia Insurance’ning 2025–2026-yillar uchun “Qishki o‘yin”i davom etmoqda. Umumiy sovrin jamg‘armasi 50 million so‘mdan ortiq.

Aksiya doirasida iPhone 17 Pro Max, sug‘urta mahsulotlari, avto-gadjetlar hamda yo‘lda yordam xizmatlari uchun obunalarni yutib olish mumkin.

Ishtirok etish uchun:

Euroasia Insurance mobil ilovasini yuklab olish;

OSAGO polisini aynan ilova orqali rasmiylashtirish;

Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish;

rasmiy ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo‘lish kifoya.

Ilova orqali rasmiylashtirilgan har bir OSAGO polisi haftalik va asosiy o‘yinlar uchun bitta bilet beradi. Polislar soni ko‘p bo‘lsa, yutish imkoniyati ham oshadi. O‘yinlar Instagram’dagi @eai.uz sahifasida jonli efirda o‘tkaziladi.

Reklama huquqlari asosida 

Теги :
Jamiyat
Avto