$
 11820.40
-36.95
 13684.48
-61.75
 139.05
-0.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida isroillik ishtirokchining yutug‘i bekor qilindi

IOI

9-16-avgust kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) atrofida kutilmagan mojaro yuzaga keldi. Isroillik 17 yoshli ishtirokchi Yotam Budnik musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi, biroq taqdirlash marosimida Isroil bayrog‘ini namoyish qilganidan keyin uning natijasi bekor qilindi va ismi rasmiy reytingdan olib tashlandi.

Nega Isroil bayrog‘ini ko‘rsatish taqiqlangan? 

Bu cheklov aynan 2026-yilgi Toshkent olimpiadasi uchun o‘ylab topilgan qoida emas. 2024-yil sentabrida IOI Bosh Assambleyasi G‘azodagi urush bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Isroilga nisbatan sanksiya joriy etishga qaror qilgan. Qarorni delegatsiyalarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlagan. Qarorga ko‘ra, 2025-yildan boshlab Isroil olimpiadada alohida milliy delegatsiya sifatida tan olinmaydi. Bundan tashqari, Isroildan to‘rt nafargacha o‘quvchi musobaqada qatnashishi mumkin, biroq ular Isroil nomi va bayrog‘i ostida emas, IOI bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Isroilliklarning mustaqil ishtiroki

Shu sababli Budnik va boshqa isroillik o‘quvchilar Toshkentdagi musobaqada mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashgan. Shunga qaramay, Budnik Isroil bayrog‘ini o‘zi bilan olib kelgan. Taqdirlash marosimida podiumga chiqqanidan keyin bayroqni ochib, yelkasiga tashlagan. U bu qoidani buzayotganini bilganini yashirmagan. Tashkilotchilar Budnikdan oltin medalini qaytarishni so‘ragan. U esa medalni bermagan.

Keyin uning natijasi rasmiy reytingdan olib tashlangan va ko‘rsatkichi o‘chirilgan. Hozirda u rasmiy IOI reytingida oltin medal sohibi sifatida ko‘rsatilmayapti.

Теги :
Jamiyat