$
 11940.95
38.65
 13814.49
34.01
 152.68
0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

Vatanga qaytgan o‘zbek qizi: Zambiyadagi eng yirik stomatologiya tarmoqlaridan birining asoschisi O‘zbekistonda faoliyat boshladi

Dentora

Poytaxt markazida Zambiyada faoliyat yurituvchi eng yirik stomatologiya tarmoqlaridan birining asoschisi, Elite ProBuild brendi rahbari va tajribali shifokor-stomatolog Feruza Niyazovaning O‘zbekistondagi ilk klinikasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Feruza Niyazova — Hamroh va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi birinchi akseleratsiya dasturi ishtirokchisi, shuningdek, mentorlik dasturi bitiruvchisi sifatida ham tanilgan.

18 yillik xalqaro tajriba va yirik loyihalar

Feruza Niyazova 18 yil davomida Zambiyada tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritib, bir qator muhim yutuqlarga erishdi. U:

  • University Teaching Hospitalda shifokor sifatida faoliyat ko‘rsatgan;
  • Zambiyaning eng yirik stomatologiya tarmog‘iga aylangan Elite Dental Care klinikasiga asos solgan. Bugungi kunda tarmoq 30 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni birlashtiradi;
  • Qurilish materiallari va uskunalarini eksport qiluvchi Elite ProBuild ishlab chiqarish klasterini barpo etgan.

Feruza shuningdek AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari va yana 40 dan ortiq mamlakatlarda malaka oshirib, xalqaro tajribaga ega mutaxassis sifatida tanilgan.

O‘zbekistondagi islohotlar — vatanga qaytish uchun yangi turtki

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes muhitini yaxshilash va ayniqsa ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi islohotlar Feruza Niyazovaning diqqatini tortdi. Shu omillar Feruzaning vatanga qaytish va faoliyatini aynan shu yerda davom ettirish qarorini mustahkamladi.

Hamroh bilan hamkorlik: qaytish jarayonidan yangi brendgacha

O‘zbekistonga qaytgach, Feruza mahalliy qonunchilik, biznes yuritish tartib-qoidalari va rasmiy jarayonlarni chuqur o‘rganish zaruratiga duch keldi. U shu maqsadda Hamroh kompaniyasiga murojaat qildi va qo‘llab-quvvatlash dasturiga qabul qilindi.

Hamroh tomonidan unga quyidagi ko‘maklar ko‘rsatildi:

·       individual yuridik va moliyaviy maslahatlar;

·       biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida to‘liq ko‘mak;

·       Hamroh & BMTTD akseleratorining birinchi oqimida ishtirok etish;

·       “Mentorlar tayyorlash” dasturida ta’lim olish imkoniyati;

·       klinika ochilguniga qadar muntazam mentorlik va metodik yo‘riqnomalar.

Hamroh haqida

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-385-sonli qaroriga asosan mamlakatimizdagi xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, moliyaviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ulardagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda loyiha doirasidagi tashabbuslar soni 10 mingdan oshgan. Loyiha doirasida sertifikat olganlar esa 6 793 nafarni tashkil qilmoqda.

Dentora Global Dental Care — O‘zbekistonda yangi tibbiy standart

Hamrohning tizimli yordami va Feruza Niyazovaning qat’iyati natijasida O‘zbekistonda yangi tibbiy brend — Dentora Global Dental Care ishga tushirildi. Yangi klinika xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar va bemorga yo‘naltirilgan yondashuvni birlashtirgan holda, mamlakatda xususiy tibbiyot sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

“Men Lusakadan Toshkentgacha minglab kilometrlarni bosib o‘tdim. Ammo aynan vatan oldidagi burch hissi meni uyga qaytardi. Hamrohga ko‘rsatgan yordami, bilimlari va menga yordam bergan insonlar uchun minnatdorman. Dentora — bu men sevgan mamlakat tibbiyotiga qo‘shayotgan hissamdir”, deydi Feruza.

Loyiha nafaqat zamonaviy stomatologik xizmatlarni taklif etadi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratib, malakali tibbiyot xodimlari jamoasini shakllantirmoqda.

Теги :
Jamiyat