$
 11972.35
-17.65
 13852.01
-14.43
 147.52
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Google Gemini orqali maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy kuzatishda ayblanmoqda

Gemini

Kaliforniyaning San-Xose federal sudiga Google korporatsiyasiga qarshi da’vo arizasi kiritildi. Bloomberg yozishicha, da’voda kompaniya sun’iy intellekt modeli — Gemini orqali foydalanuvchilar ma’lumotlarini yashirin yig‘ishda ayblanmoqda.

Da’vo arizasida ko‘tarilgan asosiy ayblovlar:

– Gmail va Google Chat’dagi shaxsiy yozishmalarni to‘plash;

– Google Meet’dagi videokonferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni kuzatish;

– Gemini funksiyasining oktyabrdan boshlab foydalanuvchilardan bexabar holda avtomatik yoqilgani;

– Ilgari qo‘lda yoqiladigan ushbu funksiya endi ixtiyorsiz faollashtirilgan bo‘lishi ehtimoli.

Qonunchilik bo‘yicha shubhali jihatlar:

– Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Google’ning bu harakatlari Kaliforniyaning 1967-yilda qabul qilingan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuniga zid bo‘lishi mumkin.

– Iyul oyida Gemini SI modeli smartfon ilovalari — messenjerlar, taqvim, pochta bilan o‘zaro aloqa qilish huquqiga ega ekani ma’lum bo‘lgandi.

– Ba’zi Android qurilmalarda Gemini oldindan o‘rnatilgan bo‘lib, uni o‘chirib bo‘lmaydi.

Maxfiylik bo‘yicha bahslar:

– Google “inson-taqrizchilar SI foydalanadigan ma’lumotlarni ko‘rishi va qayta ishlashi mumkin”ligini tan olgan.

– Ammo xodimlarga xabarlar, jadvallar, maktublarni tahlil qilishni taqiqlovchi ko‘rsatmalar berilmagan.

– Foydalanuvchilar ayrim ilovalarni Gemini uchun bloklashlari mumkin, biroq shunda ham ma’lumotlar 72 soat davomida saqlanib qoladi.

Gemini maxfiylik sozlamalari:

– Funksiyani ilova ichidagi “Privacy Settings” bo‘limida o‘chirib qo‘yish mumkin.

– Biroq sud da’vosida aynan roziliksiz aktivlashtirish masalasi asosiy e’tiroz sifatida ko‘tarilgan.

Теги :
Jamiyat