$
 11971.40
56.73
 13797.04
61.81
 151.81
3.54
weather
+26
Кечаси   +14°

Hukumat miqiyosida yangi davr: Davlat tashkilotlarida PR va reklama xizmatlari autsorsingga topshiriladi

Eight Media Maker

Prezident farmoyishi bilan endilikda davlat korxona va tashkilotlari o‘z faoliyatlariga doir marketing, PR va kommunikatsiya xizmatlarini autsorsing kompaniyalariga topshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa davlat tuzilmalarining faoliyatini yengillashtirishi, bozorga davlat loyihalarining katta oqimini olib kirishi bilan bir vaqtda, muhim loyihalarning mutaxassislar tomonidan sifatli bajarilishini ta’minlash uchun ham katta qadamdir.

Nima uchun bu muhim?

Yangi farmoyishga ko‘ra, davlat korxonalari endi 20 ta funksiya va xizmat turini autsorsingga berishi lozim. Mazkur ro‘yxatda reklama, PR, call-markaz va axborot xizmatlari ham bor bo‘lib, bu esa ishni soha mutaxassislari tomonidan tizimli, tezkor, sifatli tarzda amalga oshirilishini ta’minlab, hatto shu davrgacha davlat tashkilotlari tomonidan bajarilgan hisobot-kampaniyalarini ham yangi bosqichga olib chiqadi.

O‘z navbatida, bozorga kirib kelayotgan bunday yuqori talab autsorsing agentliklari orasida raqobat muhitini yaratib, har ikki tomon uchun ham ish jarayonini professional bajarilishiga sabab bo‘ladi.

Eight Media Maker tajribasi

Reklama va PR sohasida nafaqat yangi tendensiyalarni yaratish, balki ularni saqlab qolish hamda ularni iste’molchilarga yetkazib berish eng muhim vazifalardan biridir. Eight Media Maker esa professional doiralarda ko‘p yillardan beri PR, SMM va tadbir kommunikatsiyalari uyg‘unligida faoliyat yurituvchi agentlik sifatida tanilgan. Jamoa faoliyati davomida 100 dan ortiq loyihalar — milliy kampaniyalardan tortib TBC Bank, Uztelecom, Korzinka, Roodell, Oriflame va boshqalar kabi yirik brendlar uchun integratsiyalargacha muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

— Bugungi kunda davlat kompaniyalari uchun auditoriya bilan ularning tilida — tez, samimiy va professional tarzda muloqot qilish muhimdir. Biz uzoq vaqtdan beri ushbu sharoitda ishlaymiz hamda strategik aloqalarni qanday o‘rnatishni borasida yuqori tajribaga egamiz. Jamoamiz farmoyish tufayli yuzaga keladigan yangi talablar va keng ko‘lamli loyihalarga tayyor, — deydi Eight Media Maker rahbari Akbar Arzumetov.


Murojaat uchun manzillar: +998 (90) 799-79-79 | @Eightmediamaker