$
 12097.93
50.48
 14194.50
95.37
 151.77
-0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘mda pul yig‘ish — jozibador

Omonat

So‘m dollarga nisbatan mustahkamligini saqlab turgani sabab, milliy valyutada pul jamg‘arish foydali bo‘lib turibdi. Markaziy bank ham aholini so‘mda pul jamg‘arishini rag‘batlantirish uchun asosiy stavkani 14 foiz ko‘rinishda qoldirdi. Regulyator 2027-yilda so‘mda pul yig‘uvchilar uchun inflyatsiyani 5 foizga tushirmoqchi (hozir 7,5 foiz).

Hozirgi kunda “Agrobank” tomonidan milliy valyutada bir qancha omonatlar taklifi mavjud.

“Sandiq”

“Komfort”

“Progress”

“Baxtli bolalik”

Sandiq omonati

“Sandiq” omonati yiliga 21% foyda beradi. 100 ming so‘mdan boshlab, pullaringizni istalgan vaqtda yechib olishingiz mumkin. Foizlar har oy to‘lanadi. Bu omonatni onlayn yoki bankda ochsa bo‘ladi. Qo‘shimcha pul qo‘shish ham mumkin.

Komfort omonati

“Komfort” omonati ham yiliga 21% foyda beradi, lekin minimal summa 500 ming so‘m. Bu omonatni onlayn yoki bankda ochishingiz mumkin. Foizlar har oy to‘lanadi va qo‘shimcha pul qo‘shsa bo‘ladi. Qisman pul yechib olish imkoni ham bor, lekin qolgan summa 500 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

Progress omonati

“Progress” omonati yiliga 21% foyda keltiradi. Buning uchun 500 ming so‘mdan boshlashingiz kerak. Bu omonatni onlayn yoki bankda ochishingiz mumkin. Qo‘shimcha pul qo‘shish yoki qisman yechib olish yo‘q.

Baxtli bolalik omonati

“Baxtli bolalik” omonati farzandingiz uchun uzoq muddatli jamg‘arma hisoblanadi. 100 ming so‘mdan boshlanib, bu omonatni qo‘shimcha pul bilan to‘ldirish mumkin. Foizlar har oy to‘lanadi. Omonat muddati 36, 60 yoki 120 oy bo‘ladi. Qisman yechib olish imkoni yo‘q, faqat bankda ochish mumkin.