Agrobank O‘zbekiston agrostartaplariga xalqaro bozorga chiqishda yordam beradi
Samarqandda o‘tkazilayotgan C5+1 forumi doirasida Agrobank xalqaro Plug and Play kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Hamkorlar O‘zbekistonda agrotexnologik innovatsiyalarni rivojlantirish va mahalliy startaplarning xorijiy bozorlarga chiqishiga ko‘maklashishni rejalashtirmoqda.
Hamkorlik qaysi yo‘nalishlarni qamrab oladi?
Kelishuv agrooziq-ovqat, agrotexnologiya va agromoliyalashtirish sohalariga ilg‘or xorijiy tajriba hamda texnologiyalarni jalb etishni nazarda tutadi. Tomonlar istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro bozorlarga chiqishiga yordam berishni ham rejalashtirgan.
Startaplar va investorlar uchun o‘quv dasturlari
Hamkorlik doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida startaplarni rivojlantirish dasturlari, shuningdek, xususiy investorlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Agrar soha uchun yangi imkoniyatlar
Kelishuv O‘zbekistonda agrotexnologik innovatsiyalarni rivojlantirish, mahalliy startaplarning raqobatbardoshligini oshirish va agrar sohaga yangi investitsiyalarni jalb etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Reklama huquqlari asosida


