$
 12683.99
35.87
 13647.97
25.94
 139.24
0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Nimaga "BYD"ning elektromobillari Xitoydagidan ikki baravar qimmatroq sotilyapti?

BYD

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, BYD yaqinda eksport narxlarini keskin oshirgan. Ba’zi xorijiy mamlakatlarda kompaniya o‘z mahsulotlarini Xitoydagidan ikki baravar, ba’zan esa deyarli uch baravar qimmatga sotmoqda.

Dunyo bozoridagi vaziyat

Yetakchi beshta eksport bozorlari (Germaniya, Braziliya, Isroil, Avstraliya va Tailand) tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, "BYD "Atto 3" narxi Xitoyga qaraganda 81 foizdan 174 foizgacha yuqori. Dolphin narxi 39 foizdan 178 foizgacha, Seal narxi esa 30 foizdan 136 foizgacha yuqoriroq. Masalan, Xitoyda "BYD Atto 3"ning o‘rta darajadagi versiyasi $19 283 ga sotilmoqda, Germaniyada esa bu model $42 789 turadi. Biroq, bu narx Germaniya bozoridagi taqqoslanadigan elektromobillar bilan hali ham raqobatbardosh.

Chin yurti maqsadi

Reuters qayd etishicha, "BYD" katta daromad olishni maqsad qilgan, chunki Xitoyda kuchli raqobat sharoitida bunga erisha olmayapti. Shunday qilib, kompaniya Xitoydan tashqarida xorijiy raqobatchilarning pozitsiyalarini sindirish o‘rniga narxlarni sezilarli darajada oshirdi.