$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-may voqealari

5 9

FVBdan ogohlantiruv

Toshkent shahar FVB bugun poytaxt hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli aholidan kerakli xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

Jumladan:  

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;

- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;

- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;

- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;

- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.

O‘z navbatida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Kartadan pul “shilib” yurgan shaxs qo'lga tushdi

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) U.J. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4,1 mln so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etgani aniqlangan.

To'yda "tomosha" ko'rsatgan kuyov va kelin

Toshkent shahrida to‘y kuni huquqbuzarlik sodir etgan kelin va kuyov javobgarlikka tortildi. 

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 25 aprel kuni soat 22:30 larda “Bektemir” to‘yxonasidan Mercedes-Benz transport vositasida uyga qaytayotgan kelin harakatlanayotgan mashinaning lyukidan, kuyov esa orqa chap oynasidan tanasini chiqarib, qoidabuzarlik sodir etgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-modda (piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Odam savdosi bilan shug'ullangan o'zbekistonlik Istanbulda qo'lga olindi

Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan, 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Rahimov Istanbul shahrining Fotih tumanida qo‘lga olindi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, u Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda, shuningdek Istanbul shahrida bo‘lgan davrida 2022-2023-yillar mobaynida bir qancha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi bo‘ylab AQSHga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSH dollari olib, va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.