$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Sogʻlom aql va mustahkam xotiraga xavf: kelgusida demensiyaga chalinganlar keskin koʻpayadi

demensiya xotira

Kelgusida demensiya bilan og'rigan odamlar soni keskin koʻpayadi. Bu haqda JSST ogohlantirish bilan chiqdi. Ushbu kasallik o'lim sabablari orasida yettinchi o'rinda turadi.

139 millionga yetadi

Dunyoda har yili demensiyaning 10 millionga yaqin yangi holatlari qayd etiladi. Ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 2030-yilda 52 million nafarni tashkil qilgan boʻlsa, 2050-yilda esa 139 million bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Keksalar sonining ortishi bilan kasallik ham koʻpayadi

Tashkilotga ko'ra, 2050-yilga borib 65 va undan katta yoshdagilar soni ikki barobarga oshib, 2,1 milliardga yetadi. Keksalarning soni ortib borishi bilan demensiyaga chalinish holatlari ham koʻpayadi.

Demensiya oʻzi nima?

60 yoshdan oshgan odamlarda xotira, diqqat va nutqning biroz darajada buzilishi keng tarqalgan. Bu yoshga bog‘liq tabiiy o‘zgarishlarga monand, odatda, oddiy turmush tarziga ulkan to‘siq bo‘lmaydi. 

Ammo ba’zi hollarda bu buzilishlar demensiyaga aylanadi. 

Demensiya bilan kognitiv faollik pasayadi, bilim va ko‘nikmalarning bir qismi yo‘qoladi.Miya faoliyatidagi qaytarilmas buzilishlar inson hayotini va uning shaxsiyatini butunlay o‘zgartiradi. 

U yangi ma’lumotni eslay olmaydi, eski bilimlaridan mahrum bo‘ladi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotadi, yaqinlarini tanimaydi yoki chalkashtiradi.

Kimlar demensiya xavfi ostida?

Ko‘proq ayollar demensiyaga moyil bo‘ladi, degan fikr keng tarqalgan. Darhaqiqat, qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarga qaraganda, ayollar demensiya uchun genetik va ekologik xavf omillariga nisbatan ko‘proq zaifroqdir. Nega bunday? Olimlar hali aniq tushuntirib berganicha yo‘q.