$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Debitor qarzdorlik qariyb 1 trillion so‘mni tashkil qilmoqda

Debitor qarzdorlik

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsuvta’minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov joriy yil I-chorak yakuni holatiga respublika bo‘yicha debitor qarzdorlik jami 979,9 mlrd. so‘mni tashkil etayotganini ma’lum qildi.

Belgilangan reja to’liq bajarildimi?

Ta’kidlanishicha, joriy yilda Investisiya dasturi doirasida jami 308,2 mln. dollar miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 20 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, I-chorak yakuni bo‘yicha 49,8 mln. dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib belgilangan reja 102,2 foizga bajarilgan.

170,5 kilometr ichimlik suv tarmog‘i

Shuningdek, Investisiya dasturi doirasida 76 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ajratilgan 909 mlrd. so‘m mablag‘dan I-chorak yakuni holatiga 213,1 mlrd. so‘m o‘zlashtirilib, 170,5 km ichimlik va 23 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 2 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

Davlat byudjetidagi mablag‘ qayerga sarflanadi?

2024-yil yakuniga qadar davlat byudjetidan ajratilgan 1 trln. 40 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobiga 141 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan. Joriy yil I-chorak yakuni bo‘yicha 230,2 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 192,9 km ichimlik va 45,2 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 4 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Теги :
Жамият