$
 12727.96
17.01
 13781.84
62.91
 139.46
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

4 29

Gimnastikachi qizlardan yettita medal 

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Oltin medal:

Taxmina Ikromova (halqa)

Taxmina Ikromova (toʻp)

Kumush medal:

Taxmina Ikromova (koʻpkurash)

Taxmina Ikromova (bulava)

Taxmina Ikromova (tasma)

Guruh mashqi (3 tasma va 2 toʻp)

Bronza medal:

Natalya Usova (bulava)

43 nafar bolada bepul operatsiya

Bolalar milliy tibbiyot markazida «Tabassum hadya etamiz» xalqaro xayriya fondi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan aksiyada 100 ga yaqin bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 43 nafar bolada bepul yuqori texnologik operatsiyalar bajardi.  

Operatsiyada 40-yillik tajribaga ega rossiyalik va amerikalik plastik jarroh Hasan Baiyev ham ishtirok etdi.

Bokschimiz “IBA Asia” kamari sohibi

Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Chempionlar oqshomi”ning asosiy bahsida hamyurtimiz, 2023 yilgi jahon chempionati kumush medal sohibi Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Talgat Shayken bilan 71 kilogramm vaznda IBA Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan Talgat Shayken iste’dodli bokschimiz Saidjamshid Jafarov zarbalariga dosh bera olmadi va hamyurtimizga “IBA Asia” kamari tantanali topshirildi.

Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Qozog‘istonning “ANA ҮYІ” jamoat fondi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga ko‘ra, Toshkentda ham “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi

“Ona uyi” markazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini o‘zlari tarbiyalash imkonini berish orqali yordam beradi.